Noma'lum kişilar Indoneziyaning Lion Air guruhiga kiruvçi aviakompaniyalarning kamida 35 mln mijozi haqidagi şaxsiy ma'lumotlarni öğirlab, internetda joylaştirişgan. Bu haqda The Jakarta Post naşri xabar berdi. Xakerlar uşbu axborotni Amazon’ning bulutli xizmatlaridan olişgan.
Lion Air tarkibiga kiruvçi Malayziyaning Malindo Air aviakompaniyasi vakili Andrea Lion ma'lumotlar taşqariga çiqib ketgani haqidagi ma'lumotning çinligini tasdiqlagan va uşbu hodisa yuzasidan tergov boşlangani, Malayziyaning tegişli idoralari xabardor qilinganini ma'lum qilgan. Bundan taşqari, barça mijozlarga şaxsiy kabinetga kiriş parollarini zudlik bilan özgartiriş tavsiya qilingan.
Bu orada Lion Air vakillari izohlardan boş tortgan. Guruh tarkibiga şuningdek Indoneziyaning Batik Air, Tailandda joylaşgan Thai Lion Air aviakompaniyalari kiradi.
Ta'kidlanişiça, mijozlarning pasport ma'lumotlari, uy manzillari, telefon raqamlari, elektron poçta manzillari erkin foydalanişga tuşgan.












