Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTB O‘zbekistonga agrokomplekslar qurish uchun 197 mln dollar ajratadi
Yillik 2 % stavkada, shu jumladan 5 yil imtiyozli davrga 25 yilda qoplash muddati bilan kredit rasmiylashtirildi, deb yozmoqda Norma.
«Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri infratuzilmasini rivojlantirish» loyihasini amalga oshirish doirasida Toshkent, Andijon, Samarqand viloyatlarida yangi meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, saralash, qadoqlash va saqlash, ushbu mahsulotlarni iste'molchilarga yetkazib berish bo‘yicha agrologistika komplekslarini qurish nazarda tutilgan.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi buyurtmachi, Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta'minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi mas'ul ijro etuvchi organ hisoblanadi. Agrokomplekslarni boshqarish ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. Loyiha-smeta hujjatlarini Fransiyaning «Ranjis-Samaris» kompaniyasi tayyorlaydi. Agrokomplekslarni foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari asosida qurish uchun konsalting va pudrat tashkilotlari xalqaro tanlov savdolari yakunlari bo‘yicha tanlanadi.
Loyihaning umumiy qiymati 244,75 mln AQSh dollari ekvivalentini tashkil etadi. Ulardan 197 mln AQSh dollari Osiyo taraqqiyot bankining qarzi hisoblanadi, u bilan davlatimiz 2019 yil 4 mayda qarz bitimini imzolagan. O‘zbekistonning ulushi soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berish (ekvivalentda 39,15 mln AQSh dollari) va investitsiya davrida moliyaviy xarajatlarni to‘lash shaklida (ekvivalentda 8,6 mln AQSh dollari) 47,75 mln AQSh dollarini tashkil etadi.
2019–2023 yillarda loyihani amalga oshirish davrida foizlar uchta viloyatning mahalliy budjetlari hisobidan to‘lanadi va keyinchalik ular ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan to‘liq qoplanadi. Loyiha yakunlangandan so‘ng (2024 yildan boshlab) qarzni qoplash va foizlarni to‘lash ixtisoslashtirilgan tashkilot zimmasiga yuklanadi. Ushbu maqsadlar uchun agrokomplekslarni tadbirkorlik sub'yektlariga sotishdan tushadigan mablag‘larni yo‘naltirishga ruxsat berilgan.
OTBning qarzi hisobidan xarid qilinadigan tovarlar, ishlar, xizmatlar va transport vositalari bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) hamda QQSdan, loyihada ishtirok etadigan jismoniy shaxslar-norezidentlar JShDSdan ozod etiladi.
Hujjat 12.09.2019 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
07:23 / 05.05.2026
Prezident Samarqanddagi OTB yig‘ilishida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
20:31 / 03.05.2026
Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi
17:27 / 18.11.2025
Prezident Osiyo taraqqiyot banki rahbari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdi
14:44 / 18.11.2025