O‘zbekiston | 12:52 / 19.09.2019
4878
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatidagi 5ta tumanda tadbirkorlar soni kamaygan

Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmati

2019 yil 18 sentabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Spikeri ishtirokida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 2 avgust kuni bo‘lib o‘tgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalar muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati o‘rganilganida sohani qo‘llab-quvvatlashda qator muammolar borligi ma'lum bo‘ldi. Sessiyada ayrim tumanlar (Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq, Bo‘ka, Quyi Chirchiq)da tadbirkorlik sub'yektlari soni o‘tgan yilga nisbatan kamaygani, faoliyat olib borayotgan 798 ta sanoat korxonasi tomonidan yillik quvvatiga nisbatan 30 foizgacha foydalanib kelinayotgani keskin tanqid ostiga olindi.

Sessiyada mavjud erkin iqtisodiy zonalar hamda kichik sanoat zonalaridagi infratuzilmani yaxshilash, u yerdagi imkoniyatlarni yanada kengaytirishga e'tiborni kuchaytirish lozimligi, ajratilayotgan kredit mablag‘laridan samarali foydalanish, tijorat banklari tomonidan ajratilgan kredit mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarni monitoring qilish, mahsulot ishlab chiqarish va ularning bozorini topishgacha bo‘lgan jarayonda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etishda tijorat banklari rahbarlarining mas'uliyatini oshirish masalalariga ham e'tibor qaratildi.

Sessiyada mavjud muammolarni bartaraf etishda deputatlarning imkoniyatlarini kengroq ishga solish, ular tomonidan tadbirkorlar bilan ko‘proq uchrashuvlar tashkil etish, xalq deputatlari kengashlari, ularning doimiy komissiyalari yig‘ilishlarida tadbirkorlikka oid masalalarni muntazam ko‘rib borishga kelishib olindi.  

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid