Jamiyat | 12:12 / 20.09.2019
30254
2 daqiqa o‘qiladi

«Xalq banki» Bo‘z tuman filiali boshqaruvchisi pora bilan ushlandi

Foto: KUN.UZ

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘z tuman bo‘limi boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazdi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, unda AT «Xalq banki» Bo‘z tuman filiali boshqaruvchisi A.A. «M» MChJ bilan tuzilgan shartnomaga asosan o‘z mablag‘lari hisobidan issiqxonalarni qurib bitkazganligi uchun O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi jamg‘armasidan ajratilgan 66 mln. so‘mni «M» MChJ hisob raqamiga o‘tkazib berishi evaziga jamiyat rahbari F.A.dan 10 mln. so‘m pora talab qilib olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid