Iqtisodiyot | 10:15 / 23.09.2019
30453
1 daqiqa o‘qiladi

Banklarda dollar 9500 so‘mgacha ko‘tarildi

Foto: Mohamed Abd El Ghany / Reuters

23 sentabr kuni O‘zbekiston banklari bir AQSh dollarini 9 500 so‘mdan sotishni, 9 300 - 9 400 so‘mdan sotib olishni boshladi. 

Spot’ning yozishicha, avvalgi hafta oxirlarida dollar 9400 so‘m atrofida sotilgan.

Amerika valutasi kursi birjada ham o‘sib bormoqda. 20 sentabr kuni O‘zbekiston valuta birjasidagi savdolar yakuni bo‘yicha bir dollar 9 441 so‘mga teng bo‘ldi - bu 19 sentyabrdagi ko‘rsatkichdan 12 so‘mga ko‘p. Savdolar hajmi 112 million dollarga yetdi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 16 sentyabrdan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 16 so‘mga ko‘tarilgan va 1 dollar 9411 so‘mga yetgan

Mavzuga oid