Jahon | 18:09 / 23.09.2019
7141
1 daqiqa o‘qiladi

Maduro Tramp bilan yuzma-yuz muzokara o‘tkazishga tayyorligini bildirdi

Foto: AFP/Getty Images

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSh yetakchisi Donald Tramp bilan uchrashuvga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Interfaks xabar berdi.

"Albatta ha", - deb javob qaytardi Maduro "Rossiya-24" telekanali jurnalistining Tramp bilan yuzma-yuz muloqotga tayyor ekanligi to‘g‘risidagi savoliga.

Maduroning qayd etishicha, "agarda AQSh prezidenti Donald Tramp Barak Obamadan meros qolgan Venesuelaga qarshi urush olib borishdek xato siyosatni to‘g‘rilasa", u muzokaralar jarayoniga tayyor bo‘ladi.

Avvalroq Kolumbiya prezidenti Ivan Duke Venesuela prezidenti Nikolas Maduro hukmronligiga chek qo‘yishga chaqirgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid