O‘zbekiston | 08:31 / 24.09.2019
8230
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Davlat kengashi bosh vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Li Ketsyan / Foto: AP

2019 yilning 23 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne'matov Xitoy Xalq Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Szyan Yan bilan uchrashdi.

Bo‘lib o‘tgan suhbatda Shanxay hamkorlik tashkiloti a'zo davlatlarining Hukumat rahbarlari (bosh vazirlari) kengashining Toshkent shahridagi navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rishning va unda Xitoy delegatsiyasi ishtirok etishining amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda Xitoy Davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyanning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi dasturi va bo‘lajak O‘zbekiston-Xitoy muzokaralari kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi, deya ta'kidlanadi TIV xabarida. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid