O‘zbekiston mudofaa vaziri birinchi marta Tojikistonga tashrif buyurdi
25 sentyabrda O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov va unga hamrohlik qilayotgan delegatsiya Tojikistonga rasmiy tashrif bilan keldi.
Tojikiston mudofaa vazirligi matbuot xizmati boshlig‘i Orif Nozimiyonning aytishicha, O‘zbekiston mudofaa vaziri Tojikistonning 28 yillik mustaqilligi davrida ilk bor Tojikistonga rasmiy tashrif bilan kelgan.
O‘zbekiston delegatsiyasini Tojikiston mudofaa vaziri Sherali Mirzo kuzatib borgan.
Ma'lum qilinishicha, Qurbonov mudofaa vazirligining harbiy instituti aviatsiya fakultetiga tashrif buyurgan. Tashrif vaqtida harbiy institut 2004 yilda tashkil etilgani qayd qilib o‘tilgan.
Aviatsiya fakultetida 7 ta mutaxassislik bo‘yicha ta'lim berilib. asosan harbiy aviatsiya uchun mutaxassislar tayyorlanadi.
Shuningdek, O‘zbekiston mudofaa vaziri bir kunlik tashrif vaqtida Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i va Tojikiston milliy muzeyiga tashrif buyurgan.
Mustaqillik yillari davomida ilk bor 2018 yilda Tojikistonning So‘g‘d viloyatida Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida harbiy-texnik mashg‘ulotlar o‘tkazilgan.
Joriy yilda esa harbiy mashg‘ulotlar O‘zbekiston hududida o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024
Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
18:27 / 12.11.2024
O‘zbekiston mudofaa vaziri Moskvaga bordi
19:32 / 31.10.2024