O‘zbekiston | 08:23 / 26.09.2019
10173
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida qariyb 50 mingta ish o‘rni yaratiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

2019-2020 yillarda Toshkent viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi.

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, qaror bilan 2019-2020 yillarda Toshkent viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi ma'qullandi.

Dasturga muvofiq sanoat ishlab chiqarish hajmlari 1,7 baravarga, eksport 1,4 baravarga oshadi hamda 49 000 dan ortiq doimiy ish o‘rinlari tashkil etiladi.

Bundan oldin, Toshkent viloyatining uchta tumanida yer maydonlari yangi loyihalarni amalga oshirish uchun ajratilishi xabar qilingandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid