Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida ilk bor turistik vizalar berila boshlandi
Saudiya Arabistoni o‘z tarixida ilk bor xorijiy sayyohlarga turistik vizalar bera boshladi.
Ayni vaqtda 49 ta davlat fuqarosi vizalar olishi mumkin. Ushbu davlatlar ro‘yxati keyinroq e'lon qilinadi. O‘zbekiston bu davlatlar qatoriga kirishi yoki kirmasligi hozircha noma'lum. Viza narxi 80 dollar turadi.
Sayyohlar musulmonlar uchun muqaddas hisoblangan Makka va Madina shaharlariga kira olishmaydi. Shuningdek, ularga spirtli ichimliklar ichish taqiqlanadi.
Biroq ayollarga erkak qarindoshlarisiz kelishga va “ochiq-sochiq kiyim kiymaslik” sharti bilan abaya (qora rangdagi uzun ko‘ylak) kiymaslikka ruxsat beriladi.
Saudiya Arabistoni ayni vaqtgacha ko‘ngilochar turizmi uchun yopiq davlat hisoblangan. Podshohlikka faqatgina ishchi viza, Makka va Madinani ziyorat qilish vizasi va biznes (ish safari) vizasi bilan kirish mumkin bo‘lgan.
2018 yil dekabridan podshohlik sport tadbirlari va konsertlarga tashrif buyuruvchilarga elektron vizalar bera boshlagandi.
Saudiya Arabistonining neftdan tobelikni kamaytirishga qaratilgan Vision 2030 rivojlanish dasturiga ko‘ra, har yili 30 mlngacha sayyohni jalb qilish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
22:28 / 22.12.2025
Saudiya Arabistoni bir yil ichida rekord darajada ko‘p odamni qatl qildi
21:16 / 18.12.2025
Saudiya Arabistoni JCh-2034 budjetini qisqartiradi
10:43 / 17.12.2025
10 oyda Saudiyaga borgan o‘zbekistonliklar soni qariyb 70 foizga oshgan
22:11 / 14.12.2025