Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Nasaf» sardori Umar Eshmurodov ilk marta milliy jamoaga chaqirildi
Foto: Tribuna.uz
Qarshining «Nasaf» klubi himoyachisi Umar Eshmurodov O‘zbekiston milliy jamoasining oktabr oyidagi yig‘iniga chaqirilgan. Bu haqda Tribuna.uz manba'si ma'lum qildi.
26 yoshli Eshmurodov faoliyatida ilk marta O‘zbekiston milliy jamoasiga chaqirildi. Markaziy himoyachi o‘tgan mavsumdan buyon «Nasaf» sardori sifatida o‘ynab keladi.
Eshmurodov 2017 yilda «Sho‘rtan»dan Qarshining «Nasaf» klubiga o‘tgandi. Transfermarket uning transfer narxini 400 ming yevroga baholagan. Eshmurodov mavsum oralig‘ida ko‘p klublardan taklif bo‘lganiga qaramay, «Nasaf»da qolgandi.
O‘zbekiston milliy jamoasi JCh-2022 saralashi doirasida 10 oktabr kuni Toshkenda Yaman bilan, 15 oktabr kuni mehmonda Singapur bilan o‘ynaydi.
Mavzuga oid
20:21 / 21.03.2026
FIFA Nigeriya e’tirozini rad etdi – Kongo DR O‘zbekiston bilan bir guruhdan joy olish uchun kurashadi
18:59 / 21.03.2026
Osiyo Kubogi-2031 ko‘chirildi – O‘zbekiston uni o‘tkazishga da’vogar edi
18:01 / 04.03.2026
O‘zbekiston milliy jamoasi JCh-2026 paytidagi qarorgohini tanladi
21:30 / 03.03.2026