Jahon | 13:01 / 29.09.2019
17071
2 daqiqa o‘qiladi

Nemis nashri Zelenskiyni Germaniya hukumatini haqoratlashda aybladi

Foto: REUTERS

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh prezidenti Donald Trampning Germaniya kansleri Angela Merkelning harakatsizligi haqidagi so‘zlariga qo‘shilib, Germaniya hukumatini haqorat qildi. Bu haqda Der Spiegel nemis nashri yozdi.

Tramp Zelenskiy bilan iyuldagi suhbatida Merkelni “ko‘p gapiradi, biroq kam ish qiladi”, deb aytgan. Zelenskiy bunga javoban “Siz 100 foiz emas, ming foiz haqsiz”, deb aytgan.

Nashrning yozishicha, Ukraina prezidentining bu so‘zlari Berlinda norozilik keltirib chiqargan, chunki suhbat vaqtida kanslerning boshqa diplomatik xizmatlari esga olinmagan.

“Birinchi navbatda aynan Germaniya kansleri va o‘shandagi tashqi ishlar vaziri Shtaynmayyer mintaqa [Ukraina] harbiy ixtilof o‘chog‘iga aylanib ketmasligi uchun barcha ishni qilishgan”, deb aytgan bundestag a'zosi Rolf Myutsenix.

Ta'kidlanishicha, Tramp va Zelenskiy suhbati matni keng omma uchun mo‘ljallanmagan edi va demak, ularning aytgan so‘zlarini jiddiy qabul qilish kerak. Nashrning ta'kidlashicha, Endi Ukrainaning Berlindagi elchisi vaziyatni “tekislashiga” to‘g‘ri keladi. Vaholanki, avvalroq elchi Zelenskiy “Germaniya kanslerining Ukraina ishlaridagi ulkan ishtirokini qadrlashini” aytgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid