O‘zbekiston | 13:15 / 29.09.2019
40194
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondagi ilk agroturizm qishlog‘i e'lon qilindi. U Qashqadaryo viloyatida (foto)

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

Ayni kunlarda Kitob tumanining Varganza qishlog‘ida birinchi xalqaro anor agrofestivali bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.

Tadbir «Qashqadaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori ijrosini ta'minlash, bu orqali boy madaniy meros va tarixiy an'analarni saqlash, bog‘dorchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi namunaviy mahalliy aholi vakillarini qo‘llab-quvvatlash, hududda agroturizmni rivojlantirish maqsadida tashkil o‘tkazilyapti.

Festival avvalida Qarshi shahridan 120 kilometr uzoqlikda joylashgan Varganza qishlog‘iga O‘zbekistondagi ilk agroturizm qishlog‘i maqomi berildi va «Varganza» MFY raisiga agroturizm qishlog‘ining ramziy kaliti topshirildi.

Varganza qishlog‘i aholisi azaldan anorchilik hadisini olgan. Fermer xo‘jaliklari yer maydonlari va aholi tomorqalarida anorning qorashirin, bedona, achchiqdona, ulfi, qay, tuyatish singari navlari yetishtiriladi.

Qashqadaryo viloyati Turizm boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, varganzalik ishbilarmonlar har yili ming gektardan ziyod maydondan 5 ming, 6 ming tonna hosil terib, qo‘shni mamlakatlarga eksport qilishadi.

«Qishloq ahlining tirikchilik manbayi – asosan anorchilik. Ayol-u erkak, yosh-u qari to‘rt fasl anor parvarishi bilan shug‘ullanadi. Shu bois bu yerda nochor yashayotgan oilalar, chet el mamlakatlarida ish qidirib, sarson yurgan muhojir fuqarolar umuman yo‘q», – deydi «Varganza» MFY raisi Ziyodulla Mirzayev.

Festival davomida Varganzaga O‘zbekistondagi ilk agroturizm qishlog‘i maqomi berilgani .

28 sentabr kuni boshlangan xalqaro agrofestival uch kun davom etadi.

Миролим Исажонов
Tayyorlagan Миролим Исажонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid