Jahon | 08:31 / 30.09.2019
4188
1 daqiqa o‘qiladi

Avstriyadagi parlament saylovlari g‘olibi ma'lum qilindi 

Foto: REUTERS

Avstriyadagi navbatdan tashqari parlament saylovlarida sobiq kansler Sebastyan Kursning Xalq partiyasi g‘alaba qozondi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi ma'lum qildi. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, partiya 38,4 foiz ovoz to‘plagan. Undan keyingi o‘rinni sotsial-demokratlar 21,5 foiz ovoz bilan egallagan.  

Shu tariqa, Kurs yana hukumatga rahbarlik qiladi.

Avstriyada parlament saylovlari vitse-kansler Xayns-Kristian Shtraxe bilan yuz bergan mojarodan keyin belgilangan. Shtraxening unga saylovlarda qo‘llab-quvvatlov taklif qilgan rossiyalik ayol bilan suhbati mojaro keltirib chiqargan. Natijada Kurs boshchiligidagi hukumatga ishonchsizlik bildirilib, u to‘liq tarkibda iste'foga ketgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid