Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi ixtisoslashtirilgan bog‘chalar ko‘p tarmoqli MTMga o‘zgartiriladi
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahridagi davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil oktabr oyidan boshlab, Toshkent shahridagi davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog‘ini optimallashtirish va keyinchalik bolalar kontingentini hisobga olgan holda, ularni davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlariga va umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Toshkent shahridagi davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarining faoliyati bo‘yicha o‘tkazilgan tahlil asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘laridan oqilona, samarali va maqsadli foydalanish maqsadida Toshkent shahridagi 49 ta davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarini, xususan:
18 ta davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarini davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari etib;
31 ta davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarini umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari etib qayta tashkil etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi qayta tashkil etilayotgan davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari va umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish tadbirlari rejasini bir oy muddatda tasdiqlaydi va amalga oshiradi.
Belgilab qo‘yilishicha:
ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlar amaldagi shtat bo‘yicha xodimlar soni va davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarini saqlash uchun budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog‘ining optimallashtirilishi natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, shu jumladan ularni tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash, korreksiya vositalari, dori-darmonlar va tibbiy buyumlar bilan ta'minlash tadbirlarini amalga oshirishga yo‘naltiriladi;
umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga o‘zgartiriladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlariga Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 13 maydagi 391-son qarori bilan belgilangan tartibda tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyasi tomonidan berilgan xulosa asosida qabul qilingan tarbiyalanuvchilar o‘tkazilgan korreksiya-pedagogik va reabilitatsiya tadbirlarining natijalariga ko‘ra, tegishli davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlariga o‘tkaziladi yoki ushbu muassasada qoladi;
keyinchalik bolalar umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026
Sergelida kanalizatsiya inshooti atrofidagi sassiq hid bartaraf etiladi
17:03 / 04.07.2026