Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi fabrikada yuz bergan yong‘inda 19 kishi halok bo‘ldi
Xitoyning Chjetszyan viloyatidagi fabrikada yuz bergan yong‘in 19 kishining hayotini olib ketdi, yana 3 kishi jarohat oldi. Bu haqda voqea yuz bergan Ninxay uyezdi rahbariyatida xabar qilingan.
Yong‘in 29 sentyabrda mahalliy vaqt bilan soat 13.20da keng iste'mol mollari ishlab chiqaruvchi fabrika binosida boshlangan. O‘t o‘chiruvchilarga yong‘inni o‘chirish uchun 3 soat talab qilingan.
Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi xodimlari yong‘indan keyin voqea joyida havo va tuproq holati tahlilini o‘tkazishgan. Ularning hisobotiga ko‘ra, fabrika perimetri va atrofida ifloslanishning mumkin bo‘lgan me'yorlaridan oshish holati aniqlanmagan.
Yong‘inning yuz berishi sabablari hali aniqlanmagan, tergov olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:59 / 13.06.2026
Yakkasaroyda ko‘p qavatli uy fasadida yong‘in sodir bo‘ldi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026