Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parijda politsiyachi 4 nafar hamkasbini pichoqlab o‘ldirdi
Parijda kar-soqov politsiyachi 4 nafar hamkasbini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda “Yevronyus” telekanali xabar berdi.
Bosqinchining o‘zi boshqa politsiyachilar tomondan otib o‘ldirilgan. Voqea joyiga Fransiya prezidenti Emmanuel Makron yetib kelgan.
Ma'lum qilinishicha, voqea Parij markazida joylashgan Site orolidagi politsiya bo‘limida yuz bergan. Bosqinchining shaxsi o‘rnatilgan, u 45 yoshli kar-soqov politsiyachi bo‘lgan. Hozirda qotillik sabablari aniqlashtirilmoqda.
3 oktyabrda Parijda 20 ming politsiyachi ishtirokida ish tashlash aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Ular “sariq jiletlar” bilan oxiri yo‘q kurash, mashaqqatli ish va maoshlari pastligidan norozilik bildirishgan. Ta'kidlanishicha, Fransiyada yil boshidan beri 50 politsiyachi o‘z joniga qasd qilgan.
Mavzuga oid
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
23:08 / 21.05.2026
Parij Falastin xalqiga faxriy fuqarolik bermoqchi
08:32 / 21.05.2026