Shimoliy Koreya yangi turdagi raketani uchirganini ma'lum qildi
Shimoliy Koreya rasmiylari 2 oktabr ertalab mamlakatning sharqiy sohilbo‘yidagi suv osti kemasidan yangi ballistik raketa Pukguksong-3 muvaffaqiyatli uchirilganini xabar qilishdi. Ma'lum qilinishicha, sinov vaqtida yangi raketaning taktik ko‘rsatkichlari tasdiqlangan va qo‘shni davlatlar xavfsizligiga tahdid qilmagan.
Sinovlarda Koreya mehnat partiyasining rahbar a'zolari ishtirok etishgan. Ular raketalar muvaffaqiyatli uchirilgani haqida darhol partiya markaziy qo‘mitasiga xabar qilishgan.
Shu munosabat bilan Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In sinov ishtirokchilariga o‘z tabrigini yo‘llagan.
Pukguksong-3 2016 yilda birinchi marta sinalgan ballistik raketaning navbatdagi versiyasi hisoblanadi.
2017 yil mayda Shimoliy Koreya Pukguksong-2 raketasini sinovdan o‘tkazgandi. Bu raketa 500 km uchib o‘tib, Yapon dengiziga tushgan. Ushbu sinovlar BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan qoralangan.
Mavzuga oid
09:08 / 08.11.2024
Zelenskiy: Kursk oblastidagi KXDR askarlari yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda
18:53 / 06.11.2024
AQSh qit’alararo ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
20:15 / 27.10.2024
Ukrainaga qarshi jangga tashlangan KXDR askarlari: ekspertlar qanday fikrda?
15:07 / 25.10.2024