Jahon | 13:36 / 06.10.2019
16413
2 daqiqa o‘qiladi

Bayden Trampni mutlaqo yaroqsiz prezident deb atadi

Foto: Getty Images

Prezidentlik lavozimiga da'vogar, AQShning sobiq vitse-prezidenti Jo Bayden mamlakat rahbari Donald Trampni o‘z lavozimiga "mutlaqo yaroqsiz" deb baholab, u shaxsiy manfaatlarini ilgari surish uchun o‘z vakolatlarini suiiste'mol qilayotganini aytdi. Bu haqda Baydenning Washington Post gazetasidagi maqolasida so‘z boradi.

"Hamma narsaning chegarasi bor. Har kuni - ehtimol har bir necha soatda - prezident Tramp prezidentlik vakolatlarini suiiste'mol qilayotgani va prezident bo‘lishga mutlaqo yaroqsiz ekanligi tobora ko‘proq isbotlanmoqda. U milliy manfaatlar o‘rniga shaxsiy siyosiy manfaatlarini ilgari surish uchun mamlakatdagi eng yuqori lavozimdan foydalanmoqda", deb yozdi Bayden.

Baydenning so‘zlariga ko‘ra, Tramp "Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti lavozimini egallab turganlarning barchasidan talab qilinadigan ulkan mas'uliyatni tushunmaydi".

"U faqat hokimiyatni va undan qanday qilib faqat bitta odamga - Donald Trampga foyda kelishi mumkinligini ko‘radi", deyiladi maqolada.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid