Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq janubida namoyishchilar partiyalar binolariga o‘t qo‘yishdi
Iroq janubidagi an-Nosiriya shahrida ommaviy namoyishlar ishtirokchilari hukumatdan aholining ijtimoiy muammolariga e'tibor berilishini talab qilib bir nechta partiyalarning binolariga o‘t qo‘yishdi. Bu haqda Iroqning VAID agentligi xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, qo‘riqchilar o‘qotar qurollardan foydalanishgan. Qurbonlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma'lumot berilmagan.
Shanba kuni Bag‘dod va Iroqning boshqa shaharlarida komendantlik soati o‘rnatilgan bo‘lishiga qaramasdan hukumat iste'fosi va aholi hayotini yaxshilash talab qilingan ommaviy norozilik namoyishlari qaytadan boshlandi.
Xavfsizlik kuchlari namoyishchilarni tarqatish uchun o‘qotar qurol ishlatgan.
Xabar qilinishicha,besh nafar namoyishchi poytaxt shimoli sharqida, yana bir kishi al-Devoniya shahrida halok bo‘lgan.
Bir necha o‘nlab odamlar jarohatlangan.
Mavzuga oid
23:18 / 07.04.2026
Iroqda o‘g‘irlab ketilgan amerikalik jurnalist Shelli Kittlson ozod qilindi
12:11 / 21.03.2026
NATO Erondagi urush sabab Iroqdagi missiya xodimlarini olib chiqmoqda
15:03 / 13.03.2026
Iroqdagi harbiy bazaga dron zarbasi oqibatida fransuz harbiysi halok bo‘ldi
11:10 / 13.03.2026