Jamiyat | 15:02 / 06.10.2019
20718
1 daqiqa o‘qiladi
Xotin-qizlar qo‘mitasi jamoasi Bositxonova boshchiligida Oqqo‘rg‘onda paxta terimiga chiqdi
O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova boshchiligida qo‘mita jamoasi 5 oktabr kuni Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani paxta dalalarida bo‘lib, terimda ishtirok etdi.
«Elmira Erkinovna hasharchi, terimchi ayollar bilan dildan suhbatlashdi, qishloq xo‘jaligi rivoji orqali xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirishda ularning ham munosib hissasi borligini alohida ta'kidladi.
Samimiy va quvnoq tarzda kechgan muloqotda ayollar o‘zlarining dil izhorlarini bildirishdi, kelajak rejalari haqida o‘rtoqlashdilar», – deyiladi qo‘mita xabarida.
Qo‘shimcha qilinishicha, faol terimchi ayollarga esdalik sovg‘alari ulashilgan.
Mavzuga oid
12:07 / 13.04.2023
«Viloyat va tumanlardagi shifoxonalar uchun 15 ta MRT va 200 dan ortiq MCKT uskunasiga ehtiyojimiz bor» - Amrillo Inoyatov
09:46 / 07.08.2022
SSV: Asoratli homiladorlik asoratli bolalar tug‘ilishi degani emas
15:59 / 31.10.2021
Ona o‘limi bilan bog‘liq hodisa vazirdan bekitilgani iddao qilindi. Vazir o‘rinbosari izoh berdi
11:40 / 15.02.2021