Jahon | 20:27 / 07.10.2019
5777
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Osetiyada Vladimir Putin nomidagi ko‘cha paydo bo‘ldi

Janubiy Osetiya hukumati Tsxinval shahrining markaziy ko‘chalaridan biri – Moskovskaya ko‘chasini Rossiya prezidenti Vladimir Putin nomi bilan atashga qaror qildi. 

“Bunday qaror Janubiy Osetiyaning har tomonlama va muntazam qo‘llab-quvvatlanishi, Janubiy Osetiyani 2008 yil avgustda qutqarganlik va o‘shanda Rossiya rahbariyati tomonidan mamlakat mustaqilligining tan olinishi qaroriga minnatdorlik sifatida qabul qilindi”, deb aytgan 7 oktyabrda Tsxinval meri Alan Kochiyev.

Uning aytishicha, ko‘chaning qayta nomlanishi qarorini merlik huzuridagi tegishli komissiya qo‘llab-quvvatlagan. 

Putin nomi bilan atalgan ko‘cha shahar markazida joylashgan bo‘lib, unda Janubiy Osetiya davlat universiteti hamda Ikkinchi jahon urushi yillarida halok bo‘lgan jangchilar xotirasiga yodgorlik joylashgan.

Ma'lum qilinishicha, ushbu qaror respublika prezidenti Anatoliy Bibilov buyrug‘i bilan Putinning tug‘ilgan kunida qabul qilingan. 

Rossiya prezidenti 7 oktyabrda 67 yoshini qarshiladi. U tug‘ilgan kunini tabiat qo‘ynida yaqinlari va do‘stlari bilan o‘tkazishga qaror qildi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid