Light | 23:06 / 07.10.2019
35475
2 daqiqa o‘qiladi

Saratonning rivojlanayotganidan darak beruvchi alomatlar ma'lum qilindi

Foto: Depositphotos

“Rossiya 1” telekanalida “O samom glavnom” (Eng asosiysi haqida) dasturi efirida shifokor Aleksandr Myasnikov organizmda onkologik kasalliklar rivojlanayotganidan darak beruvchi alomatlar haqida so‘zlab berdi.

Myasnikovning ma'lum qilishicha, saraton xavfi omillarini maxsus tahlillar o‘tkazmasdan inson tanasida ham aniqlash mumkin. Shu sababli shifokor tashrif buyuruvchini sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirishi lozim.

Terining quruqligi, qichima va qora akantoz, qo‘ltiq va ko‘krak ostida qora dog‘lar bo‘lishi onkologiya, jumladan oshqozon saratoni alomatlari bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, bu alomatlar bemorda qandli diabet, gipoterioz (endokrin kasallik) va gipofiz kasalliklari borligidan darak berishi mumkin.

Tirnoq plastinasining o‘zgarishi ham ko‘pincha yomon sifatli o‘simtalar rivojlanayotganidan darak beradi. “Tirnoqlardan melanoma borligini ham ko‘rish mumkin, bunda tirnoqlar xuddi qisib olingandek ko‘kimtir rangda bo‘ladi”, deb aytgan shifokor.

Saratonning yana bir alomati yaralarning yomon bitishi hisoblanadi. Inson tanasidagi papillomalar (so‘gallar) ham organizmda (ko‘pincha bachadon bo‘ynida) o‘simtalar rivojlanishiga olib keluvchi onkogen viruslar borligidan darak berishi mumkin.

O‘z navbatida, tuxumdonlar saratonidan ayollar yuzida me'yoridan ko‘p tuk bo‘lishi – girsutizm darak berishi mumkin.

Mavzuga oid