Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xonadon egasining tomorqasidan 2 kilogrammdan ortiq «marixuana» olindi
Shu yilning 6 oktabr kuni Sirdaryo viloyatining Xovos tumani IIB tergov bo‘limidan hujjatlar tushgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Ularga ko‘ra, 28 sentabr kuni viloyat IIB tezkor xodimlar tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2019” tadbiri davomida Xovos tumanida yashovchi 1967 yilda tug‘ilgan B.S.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, tomorqada 2 kg. 108 gr. “marixuana” giyohvandlik vositasi saqlanayotgani aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi (Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:31 / 12.06.2026
Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirildi
10:57 / 12.06.2026
Toshkentda 34 kilogrammdan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi
20:09 / 11.06.2026
Jinoyat kodeksiga aholi salomatligi va genofondiga qarshi jinoyatlar bobi kiritiladi
23:36 / 29.04.2026