Samarqandda 24 kishi ovqatdan zaharlandi
Joriy yil 7 oktabr kuni soat 14:10 dan 8 oktabr soat 22:00 ga qadar Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 24 nafar fuqaro ko‘ngil aynishi, qayd qilish, bosh og‘rishi, umumiy holsizlanish, ich ketishi, oshqozon sohasida og‘riq, tana haroratining ko‘tarilishi kabi shikoyatlar bilan yotqizilgan. Ularga “Ovqat toksikoinfeksiyasi” birlamchi tashxisi qo‘yildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining Kun.uz’ga xabar berishicha, joriy yilning 6 oktabr kuni soat 13:00-17:30lar oralig‘ida barcha bemorlar Samarqand shahar Siyob dehqon bozori hududida joylashgan “Baxtiyor” MChJga qarashli xot-dog tayyorlash shoxobchasidan xot-dog va shaurma mahsulotlarini xarid qilib, iste'mol qilishgan.
“Baxtiyor” MChJga qarashli xot-dog shoxobchasida o‘rganish o‘tkazilganda, shoxobcha o‘z faoliyatini to‘xtatganligi va xot-dog mahsulotlari mavjud emasligi aniqlandi.
Samarqand shahar DSENMda mazkur xot-dog shoxobchasi atrofidagi xonadonlarda xot-dog va shaurma mahsulotlarini xarid qilib, iste'mol qilgan fuqarolarni aniqlash, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida tibbiy xodimlarini jalb etgan holda uyma-uy ko‘riklar tashkil etildi.
“Baxtiyor” MChJ bir kunlik muddatda tekshirish o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakiliga tegishli hujjatlar to‘planib, buyurtma tayyorlandi.
Bemorlarning ahvoli, laboratoriya tahlil natijalari, yakuniy tashxis hamda o‘tkazilgan profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlar to‘g‘risida qo‘shimcha axborot taqdim etilishi aytilgan.
Mavzuga oid
08:10 / 21.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatini rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
08:51 / 20.11.2024
To‘rt tumanda 614 mln so‘mlik elektr va gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
09:28 / 08.11.2024