Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yuk avtomobillari uchun maxsus pullik avtoturargohlar tashkil etiladi
Bugungi kunda Toshkent shahri hududida yuzaga kelgan yuk avtomobillarining noqonuniy turar joylarini tartibga keltirish yo‘nalishida Transport vazirligi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda, deyiladi vazirlik ma'lumotida.
Qayd etilishicha, Toshkent shahrida vujudga kelgan noqonuniy to‘xtash joylarining barchasi o‘rganib chiqildi. O‘rganishlarga ko‘ra, ushbu joylarda aksariyat hollarda turli shaxslar tomonidan hech qanday ruxsatsiz xizmat ko‘rsatilib, haq olinayotganligi, antisanitariya holatlari mavjudligi, haydovchilar va transport vositalar uchun ilk zaruriy sharoitlar yo‘qligi aniqlandi (transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish joyi, haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish joyi, haydovchilar uchun dam olish joylari, transport vositalarini yuvish joylari va hokazo).
Ushbu joylar asosida o‘rnatilgan tartibda jihozlangan (avtomobillarni texnik ko‘rikdan va haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish joylari, haydovchilar uchun zarur sharoitlar mavjud), qo‘riqlanadigan, aholiga yuk tashish xizmati bilan shug‘ullanadigan transport vositalari uchun maxsus pullik avtoturargohlar tashkil etish masalasi bo‘yicha Toshkent shahar hokimligiga takliflar kiritildi. Hozirgi kunda ushbu takliflar tegishli idora va tashkilotlar tomonidan o‘rganib chiqilayotgani aytiladi.
Transport vazirligi avtomobil turargohlari, kempinglar va boshqa yo‘l bo‘yi infratuzilma obektlarni barpo etmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga vakolati doirasida yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026
Sergelida kanalizatsiya inshooti atrofidagi sassiq hid bartaraf etiladi
17:03 / 04.07.2026