Samarqandda «mayizxo‘r»lar qo‘lga olindi
Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumani Oqmachit qishlog‘ida yashovchi N.B. 7 oktabr kuni o‘z boshqaruvidagi “Labo” rusumli avtomashinaga 20 qop mayizni yuklab, “Navkat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tuvchi yo‘lda ketayotganda kutilmaganda transport vositasi pand bergan.
“Postda” xabariga ko‘ra, vaqt 02:30ga yaqinlashganida uzoqdan mashina yaqinlashib kelgan. U ko‘mak olish umidida mashina tomon tinimsiz qo‘l ko‘tarib, to‘xtashiga ishora qilgan.
Mashina yaqinlashib to‘xtagan. “Kobalt” rusumli avtomashinadan ikki noma'lum shaxs tushib, hech bir so‘z demasdan, N.B.ning oldiga yaqinlashgan. U-bu savol berib vaziyatni o‘rgangan bo‘lishgan. Keyin esa N.B.ning turli joylariga urib ketishgan. Talonchilar unga jiddiy jarohat yetkazib, 20 qop mayizni mashinaga ortganicha voqea joyidan yashirinishadi.
Jabrlanuvchi o‘ziga kelib, tezda bu haqda ichki ishlar organiga murojaat qildi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qo‘shrabot tumanining Yangiqishloq qishlog‘ida yashovchi E.D. va N.N. sodir etgani aniqlanib, ular qo‘lga olindi.
Ayni paytda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
09:54 / 20.09.2024
Samarqandda qizlarni O‘mon davlatiga fohishalikka jo‘natgan ayollarga sud hukmi o‘qildi
18:26 / 16.09.2024
IIBning sharmandali “rezultat”i hamda “yasalgan” jinoyat: xasta va himoyasiz ayol qamoqqa tashlandi
12:16 / 14.09.2024
Samarqandda OIIB boshqaruvchilar kengashi yillik yig‘ilishi o‘tkaziladi
17:12 / 13.09.2024