Samarqand viloyatining Qöşrabot tumani Oqmaçit qişloğida yaşovçi N.B. 7 oktabr kuni öz boşqaruvidagi “Labo” rusumli avtomaşinaga 20 qop mayizni yuklab, “Navkat” mahalla fuqarolar yiğini hududidan ötuvçi yölda ketayotganda kutilmaganda transport vositasi pand bergan.
“Postda” xabariga köra, vaqt 02:30ga yaqinlaşganida uzoqdan maşina yaqinlaşib kelgan. U kömak oliş umidida maşina tomon tinimsiz qöl kötarib, töxtaşiga işora qilgan.
Maşina yaqinlaşib töxtagan. “Kobalt” rusumli avtomaşinadan ikki noma'lum şaxs tuşib, heç bir söz demasdan, N.B.ning oldiga yaqinlaşgan. U-bu savol berib vaziyatni örgangan bölişgan. Keyin esa N.B.ning turli joylariga urib ketişgan. Talonçilar unga jiddiy jarohat yetkazib, 20 qop mayizni maşinaga ortganiça voqea joyidan yaşirinişadi.
Jabrlanuvçi öziga kelib, tezda bu haqda içki işlar organiga murojaat qildi. Körilgan çoralar natijasida uşbu jinoyatni Qöşrabot tumanining Yangiqişloq qişloğida yaşovçi E.D. va N.N. sodir etgani aniqlanib, ular qölga olindi.
Ayni paytda holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov işlari davom etmoqda.












