Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov Bokuda Peter Siyarto bilan uchrashdi
2019 yil 14 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Boku shahrida Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto bilan uchrashdi. Vengriya Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashida (Turkiy kengash) kuzatuvchi-davlat maqomiga ega.
TIV xabariga ko‘ra, Turkiy kengashga a'zo davlatlar tashqi siyosat idoralari rahbarlari Kengashi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Ozarboyjon poytaxtiga kelgan vazirlar O‘zbekistonning tashkilotga kirishi ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishini ta'kidladilar.
Uchrashuvda umumiy kun tartibi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, moliya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi, shuningdek xalqaro maydondagi, jumladan O‘zbekiston – Yevroittifoq, Vishegrad guruhi + Markaziy Osiyo va boshqa shakllaridagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha batafsil fikr almashildi.
Turli sohalardagi O‘zbekiston – Vengriya munosabatlarini rivojlantirish doirasida navbatdagi qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
09:00 / 16.06.2026
Vengriya parlamenti bosh vazir lavozimida bo‘lish muddatini chekladi
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
18:06 / 27.05.2026
Vengriya parlamenti Xalqaro jinoiy suddan chiqish jarayonini to‘xtatdi
09:44 / 23.05.2026