Andijonda «Lasetti» kanalga tushib ketdi. FVV rasmiy ma'lumot berdi
Joriy yilning 13 oktabr kuni soat 14:40larda 1050 qisqa qutqaruv raqami orqali Andijon viloyati Andijon tumani Nayman MFYda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan «Jahon buyum bozori» savdo kompleksi va «Qorasuv» kiyim bozori o‘rtasidan oqib o‘tgan «Shahrixonsoy» tashlama kanali o‘zanida qizil rangli «Lasetti» rusumli avtomashina oqib ketayotganligi hamda uning ichida haydovchi va yo‘lovchilar mavjud emasligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Olingan tezkor xabar bo‘yicha Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qutqaruv otryadi navbatchi guruhi zudlik bilan amaliy yordam ko‘rsatish va avtomashinani soydan olib chiqish maqsadida hodisa joyiga yetib borishgan.
Voqeaga oydinlik kiritilganda, Andijon shahar Guliston MFYda yashovchi fuqaro M.U. o‘zining «Lasetti Jyentra» rusumli avtomashinasini kanal qirg‘og‘iga vaqtinchalik saqlash uchun qo‘yib, saqlagich qo‘l tormozini ko‘tarmaganligi va erkin holatda soy qirg‘og‘ida qoldirganligi oqibatida avtomashina soyga sirg‘alib tushib, oqib ketganligi aniqlangan.
Qutqaruvchilar ehtiyot choralarini ko‘rgan holda, maxsus texnika va qutqaruv vositalari yordamida mashinani soy o‘zanidan zarar yetkazmasdan chiqarib, egasiga topshirdilar.
Mavzuga oid
22:45 / 19.11.2024
Madaniy meros agentligi Andijondagi Bobur haykalini ko‘chirish bo‘yicha tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi
10:40 / 19.11.2024
Andijonda Bobur haykalini ko‘chirib, o‘rniga savdo majmuasi, ko‘ngilochar markazlar qurish rejalashtirilmoqda
21:10 / 18.11.2024
Andijonda 1800 gektar yerning toifasi o‘zgartirilib, ishlab chiqarish majmualari quriladi
10:46 / 15.11.2024