Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTMda bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni qayta ko‘rib chiqiladi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy ta'lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2008 yil 1 avgustdagi 164-son qarorining 4-bandining taklif etilayotgan tahririga ko‘ra, OTMda o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbati qayta ko‘rib chiqiladi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, oliy ta'lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralarning kunduzgi o‘qish bo‘yicha oliy ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga qarab bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan normativlari:
2009/2010 o‘quv yilidan boshlab - 1:10,5;
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab - 1:12,0;
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab - 1:14,0;
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab - 1:16,0 nisbatida belgilanishi mumkin.
Shuningdek, oliy ta'lim muassasasi kengashlariga zarur hollarda mazkur nisbatlarni 50 foizgacha o‘zgartirish vakolatini berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.
Belgilanishicha, ta'lim sohalari bloklari va shakllari bo‘yicha bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining normativlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Mavzuga oid
20:59 / 22.08.2025
Oliygoh va litseylarda darslar qachon boshlanishi ma’lum qilindi
13:28 / 10.12.2024
Uzbekistan Airways talabalar uchun chiptalarga chegirma e’lon qildi
18:02 / 17.04.2024
Xususiy oliy ta’lim: tijoriy manfaat va sifatli ta’lim muvozanati qanday topiladi?
14:18 / 04.01.2021