Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIV Rossiyada halok bo‘lgan o‘zbekistonlik muhojir haqida rasmiy ma'lumot berdi
O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi 2019 yilning 13 oktabr kuni Leningrad oblasti Viborg tumanida cho‘pon bo‘lib ishlagan O‘zbekiston fuqarosi S.A.ning baxsiz hodisa oqibatida vafot etgani to‘g‘risida tarqalgan xabarni tasdiqladi.
Tashqi ishlar vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, ayni paytda tergovgacha bo‘lgan tadbirlar olib borilmoqda.
Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan hamda hamyurtimiz jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilish bilan shug‘ullanmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildirgan va eslatib o‘tishicha, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk oblasti, Kaliningrad oblasti, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad oblasti, Murmansk oblasti, Nenets avtonom okrugi, Novgorod oblasti, Pskov oblasti, Sankt-Peterburg shahri, Vologda viloyati) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.
Mavzuga oid
08:39
Polsha razvedkasi: Rossiya mablag‘iga namoyishlar tashkil etgan guruh fosh etildi
13:17 / 29.06.2026
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
18:12 / 28.06.2026
Moskvaliklar benzin uchun navbat kutmoqda – suratlar
10:40 / 27.06.2026