Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada “Xagibis” to‘foni qurbonlari soni 67 nafargacha oshdi
Yaponiyaga o‘tgan dam olish kunlari yopirilgan “Xagibis” to‘foni qurbonlari soni 67 nafargacha oshdi. Bu haqda NHK telekanali xabar berdi.
Tabiiy ofat qurbonlari eng ko‘p Fukusima prefekturasida qayd qilingan. Bu yerda to‘fon 25 kishining hayotini olib ketgan. Butun mamlakat bo‘ylab jabrlanganlar soni 200 dan oshib ketgan, 10 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Ma'lum qilinishicha, tabiiy ofat ta'siriga uchragan hududlarda infratuzilmani tiklash hamda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Bu ishlarga 11 mingga yaqin kishi, jumladan mudofaa kuchlari jangchilari jalb qilingan.
Talofat hududlarida 230 ga yaqin maktab ishlamayapti, o‘nlab supermarketlar yopilgan. 50 dan ko‘proq joyda daryo va suv omborlarining o‘zanidan toshishi qayd qilingan. Toshqinlar sababli bir qator temir yo‘l liniyalarida harakat hanuz yo‘lga qo‘yilmagan.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026