Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marg‘ilondagi savdo majmuasida qotillik sodir etildi
Marg‘ilon shahrida qasddan odam o‘ldirish jinoyati sodir etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2019 yil 15 oktabr kuni soat 10:00larda Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahri markazida joylashgan "Oygul" savdo majmuasida fuqaro S.T. (1999 y.t. ishchi) tanishi X.M. (1995 y.t., tadbirkor) va uning 3 nafar qarindoshlari bilan o‘zaro janjallashib, oshxona pichog‘i bilan X.M.ni ko‘krak sohasiga bir marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.
Mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon shahar prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
S.T. protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:47 / 04.04.2026
Qo‘qonda bank xodimining qotilligi: jinoyat qanday ro‘y bergan?
20:37 / 02.04.2026
Farg‘onada bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi
21:03 / 24.03.2026
Konfet qog‘ozi rossiyalik ayolning qotilini aniqlashga yordam berdi
14:28 / 12.03.2026