Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya parlamenti Senati raisi O‘zbekistonga kelishi mumkin
Fransiya parlamenti Senati raisi Jyerar Larshe O‘zbekistonga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati axborot xizmati xabarida aytilgan.
Joriy yil 17 oktabr kuni Senat raisi Tanzila Norboyeva Fransiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Izabel Servoz-Galluchchi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil oktabr oyida Fransiyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi mamlakatlar munosabatlarida yangi sahifa ochganini ta'kidladilar.
Suhbat chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish, shu jumladan parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Fransiya parlamenti Senati raisi Jyerar Larshe O‘zbekistonga tashrif buyurishi taklifini bildirdi.
Mavzuga oid
19:55 / 02.07.2026
Tanzila Norboyeva raisligida Surxondaryoni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi muhokama qilindi
17:55 / 02.07.2026
Bugatti chinni qoplamali noyob avtomobilni taqdim qildi
09:45 / 01.07.2026
Fransiyada Shengen vizasi olish tartibi o‘zgardi
08:17 / 30.06.2026