Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida avtobus ishtirokidagi YTHda 35 nafar ziyoratchi halok bo‘ldi
Saudiya Arabistoni g‘arbida avtobus va yuk mashinasi ishtirokida ro‘y bergan avtohalokat oqibatida kamida 35 nafar ziyoratchi halok bo‘ldi, to‘rt kishi jarohatlandi. Bu haqda Saudiya yangiliklar agentligi politsiya vakiliga tayangan holda xabar bermoqda.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, avtohalokat Madina ma'muriy okrugidagi al-Axal qishlog‘ida yuz bergan. Avtobusda arab va Osiyo mamlakatlari fuqarolari bo‘lgan.
Xabarda qayd etilishicha, hodisa natijasida transport vositasida yong‘in sodir bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Saudiya Arabistonida dog‘istonlik ziyoratchilar avtobusining YTHga uchrashi natijasida bir ayol halok bo‘ldi, yana ikki kishi jarohat oldi. Ar-Riyod shahriga kiraverishda to‘xtagan avtobusga yuk mashinasi kelib urilgan. Transport vositasida hammasi bo‘lib 37 yo‘lovchi bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:30 / 17.06.2026
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
14:23 / 15.06.2026
Samarqandda Damas haydovchisi YTH sodir etib, mashinadan tushib qoldi
15:55 / 13.06.2026