Po‘lat Bobojonov Janubiy Koreyaga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi Janubiy Koreyaning Milliy politsiya agentligi tomonidan tashkil etilayotgan II Xalqaro politsiya sammitida ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi.
Mazkur sammit turli davlatlar ichki ishlar organlari va politsiyasining transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashishda o‘zaro hamkorligi masalalarini muhokama etish hamda tajriba almashish maqsadida tashkil qilinmoqda.
«30 dan ortiq xorijiy davlatning 100 dan ziyod vakili tadbirda ishtirok etish istagini bildirgan», — deyiladi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Sammit jarayonida O‘zbekiston IIV delegatsiyasining Janubiy Koreya Milliy politsiya agentligi bosh komissari Min Gab Ryong bilan uchrashuvi, Korea Police world Expo 2019 an'anaviy ko‘rgazmasiga tashrifi hamda Koreyaning turistik politsiyasi faoliyatini o‘rganish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
11:16 / 06.02.2024
Po‘lat Bobojonovga yangi o‘rinbosar tayinlandi
12:12 / 05.01.2024
«112» tezkor raqami o‘z muddatida ishga tushmadi
10:26 / 03.12.2023
O‘zbekiston va BAA haydovchilik guvohnomalarini o‘zaro tan olishga kelishdi
10:03 / 15.09.2023