2019 yilning to‘qqiz oyida 50,9 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi
2019 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda jami 50,9 trln so‘m qurilish ishlari bajarilgan. O‘sish sur'ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,3 %ni tashkil etdi.
Davstatqo‘m ma'lumotiga ko‘ra, joriy davrda jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 12,4 trln so‘mni tashkil etdi.
O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 4,5 %ga ko‘p ishlar bajarilgan bo‘lib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi o‘tgan yildagi ko‘rsatkich darajasidan 3,3 % punktga kamaygan.
Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi joriy davrda qurilish ishlarini bajargan boshqa tashkilotlarga nisbatan keskin oshganligi kuzatildi. Ular hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 54,3 %i to‘g‘ri kelib, o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 5,2 % punktga ko‘paydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 31,7 %ni tashkil etgan holda 27,6 trln so‘m miqdorida qayd etildi.
Norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi o‘tgan yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 1,9 % punktga kamayib, 21,3 %ni tashkil etdi va 10,8 trln so‘m miqdorida qayd etildi. O‘tgan yilning mos davridagi hajm bilan solishtirganda 10,9 %ni tashkil etgani kuzatildi.
Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 3,1 trln so‘m yoki 2018 yilning yanvar-sentyabriga nisbatan 54,7% qurilish ishlari bajarildi, nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan esa 47,7 trln so‘m ishlar bajarilib, o‘sish sur'ati 17,6 %ni tashkil etdi. Ularning respublikadagi ulushlari mos ravishda 6,2 % va 3,8 %ni tashkil etdi.
Bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurish bo‘yicha bajarilgan. Jami qurilish ishlarining 76,2 %i yoki 38,7 trln so‘m qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obektlarini yaratishga qaratilgan.
Yirik qurilish tashkilotlari bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 10,9 trln so‘m ishlar bajarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 88,3 % tashkil etdi.
Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 18,2 trln so‘m, yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 66,1 % yangi qurilish ishlari bo‘yicha ishlar bajarildi.
Norasmiy sektor hissasiga 9,5 trln so‘m yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 88,0 % yangi qurilish bo‘yicha ishlar bajarildi.
Mavzuga oid
14:59 / 10.11.2024
2024 yilda o‘qish uchun xorijga ketgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum qilindi
09:45 / 10.11.2024
O‘zbekistonga davolanish uchun kelgan xorijliklar soni ma’lum qilindi
13:58 / 31.10.2024
O‘zbekistonda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani ma’lum qilindi
10:50 / 31.10.2024