Jahon | 18:00 / 21.10.2019
13596
2 daqiqa o‘qiladi

Avstraliya gazetalari bosh sahifalari «senzuralangan» ko‘rinishda chiqdi

Avstraliyada jurnalistlar o‘ziga xos norozilik aksiyasi uyushtirishdi. Dushanba kuni mamlakatdagi yetakchi nashrlar davlat tomonidan qilinayotgan bosimga norozilik sifatida muqovalaridagi maqolalarning matnlari ustiga qora chiziq tortildi, muqoavalar «Maxfiy. Nashr qilish uchun emas» muhri bilan chiqarildi.

Foto: EPA/Vostock-photo

 OAV bu orqali senzuraga qarshi birlashdi.

Ushbu aksiyada Sydney Morning Herald, The Age, The Australian, Guardian, ABC, SBS nashrlari, News Corp Australia va Nine korporatsiyalari ishtirok etmoqda.

Aksiya tashkilotchisi - Avstraliyaning yetakchi nashrlari birlashgan «Bilish huquqi» koalitsiyasidir.

Jurnalistlarning hisoblashicha, milliy xavfsizlik haqidagi qonun tufayli avstraliyalikning aynan shunday huquqi buzilmoqda.

Foto: AAP Image/Lukas Coch/via REUTERS

Jurnalistlar nimadan norozi?

Iyun oyida politsiya News Corp korporatsiyasi jurnalistining Kanberradagi uyi va Sidneydagi Australian Broadcasting Corp (ABC)ning Sidneydagi tahririyatida tintuv o‘tkazganidan so‘ng o‘zaro raqobatdagi nashrlar senzuraga qarshi birlashishdi. Tintuvlar hukumatga tegishli maxfiy hujjatlar sizib chiqib ketishi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ish doirasida o‘tkazilgandi. Ushbu ish bo‘yicha bir necha jurnalistga ayblov e'lon qilinishi mumkin edi.

21 oktabr kuni mamlakat bosh vaziri Skott Morrison jurnalistlar sud qilinmasligiga kafolat berishdan bosh tortdi.

Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, 2001 yildan buyon Avstraliyada xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurash sohasida 70dan ortiq qonun qabul qilingan bo‘lib, ular matbuot erkinligiga ta'sir ko‘rsatgan. Shuningdek, ularning qayd etishicha, hukumat nafaqat harbiylar va maxsus xizmatlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni, balki qariyalar uylaridagi yomon sharoitlar, xorijliklarga sotilgan qishloq xo‘jalik yerlari maydoni to‘g‘risidagi ma'lumotlarni ham maxfiylashtirishga urinmoqda.

Mavzuga oid