Jahon | 17:10 / 21.10.2019
9386
1 daqiqa o‘qiladi

Hindiston gipertovushli qurol ishlab chiqarishga kirishdi

Hindustan Times gazetasining yozishicha, yaqin vaqt ichida sinovlar o‘tkazish va texnologiyalarni takomillashtirish uchun aerodinamik quvur ishga tushadi

Foto: MIB India

Hindiston mudofaa tadqiqotlari va ishlab chiqarish tashkiloti (DRDO) yangi avlod gipertovushli qurolini yaratish ustida ish boshladi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Hindustan Times gazetasi xabar berdi.

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, DRDO gipertovushli qurol - tovush tezligidan besh baravar tezroq uchuvchi raketa yaratishga kirishgan. Yaqin vaqt ichida sinovlar o‘tkazish va texnologiyalarni takomillashtirish uchun aerodinamik quvur ishga tushadi.

Gazetaning eslatishicha, ayni paytda Xitoy, Rossiya va AQSh turli xil gipertovushli qurollarni sinovdan o‘tkazmoqda.

Mavzuga oid