O‘zbekiston | 11:49 / 21.10.2019
50660
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklar «inomarka»larga xarajatlarni ko‘paytirishda davom etmoqda

Foto: Aleksey Danichev / RIA Novosti

 Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston 257,6 million dollarlik yengil avtomobillar import qilgan.

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 56,3 foizga ko‘pdir.

Umuman olgan, o‘tgan yilga nisbatan o‘sish asta-sekin tiklanmoqda. Masalan, yil boshida chet el avtomobillarini import qilish hajmi o‘tgan yilga nisbatan qariyb 4 baravar ko‘p bo‘lgan bo‘lsa, bahor boshida - 2,2 baravar, yoz boshida u 67 foizgacha tushdi, avgustda 72 foizga qadar ko‘tarildi, sentyabrda esa 74 foizni tashkil etdi.

Chet el avtomobillari importining umumiy o‘sishi aynan yanvar oyida qimmatbaho xorijiy mashinalarni olib kirish yengillashtirilgani bilan bog‘liq - agar avtomobil 40 ming dollar yoki undan qimmatroq tursa va ishlab chiqarilgan sanasidan ikki yil o‘tmagan bo‘lsa, unda unga nol stavkali boj qo‘llaniladi.

Biroq, 2020 yil 1 yanvardan import qilinadigan qimmat yengil avtomobillarga qo‘llanilgan bojxona qiymatining 20 foizi miqdoridagi imtiyozli stavka bekor bo‘ladi.

Avvalroq, yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston 233,8 million dollarlik yengil avtomobillar import qilgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid