2020 yil 1 yanvardan import qilinadigan qimmat yengil avtomobillarga qöllanilgan bojxona qiymatining 20 foizi miqdoridagi imtiyozli stavka bekor böladi.
Import bojxona bojlari va mamlakatga olib kiriladigan aksiz soliğiga tortiladigan tovarlarga aksiz soliği stavkalari qayta körib çiqildi. Özgartirişlar 2020 yil 1 yanvardan kuçga kiradi.
Aksiz böyiça uçta özgartiriş nazarda tutilmoqda:
• import qilinadigan şakarga (oq rangli, xuşböy ta'm yoki rang beruvçi qöşimçalar qöşilmagan, TIF TN kodi 1701 99) 20 %lik stavka böyiça soliq solinadi). Hozir uşbu pozitsiyada aksiz tölanmaydi;
• import qilinadigan suv, muz va qorga (TIF TN kodi 2201) stavka 50 %gaça oşiriladi, biroq bir litr uçun 0,25 AQŞ dollaridan kam bölmagan miqdorda belgilanadi. 2019 yilda u bojxona qiymatining 25 %ini taşkil qiladi;
• import qilinadigan, işlab çiqarilganiga 2 yil bölgan, ekvivalentda 40 ming AQŞ dollari va undan ortiq qiymatga ega yengil avtomobillarga (TIF TN kodlari 8703 22, 8703 23, 8703 23 194 0, 8703 24, 8703 31, 8703 32, 8703 33) qöllanilgan bojxona qiymatining 20 %i miqdoridagi imtiyozli stavka bekor qilinadi.
Bundan taşqari, Vazirlar Mahkamasiga quyidagi masalalarni körib çiqiş vazifasi yuklandi:
• xalqaro amaliyotdan kelib çiqqan holda xalqaro kurerlik jönatmalari uçun bir martalik bojsiz narx va oğirlik me'yorlarini joriy etiş hamda uşbu me'yorlardan oşgan taqdirda alohida yiğimlarni undiriş;
• 2020 yil 1 yanvardan boşlab bojxona boji va aksiz soliği böyiça imtiyozlarni uşbu imtiyozlarning samaradorligi va import qilinadigan tovarlar turini işlab çiqariş böyiça quvvatlarning mavjudligini hisobga olgan holda bekor qiliş.












