Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Turkmaniston – O‘zbekiston chegarasidan maxfiy yuklar olib o‘tilmoqda
Foto: Xroniki Turkmenistana
To‘rtta katta yuk avtomobili «Forob» (O‘zbekistonning «Olot») chegara punkti orqali Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasida qatnamoqda, deb xabar beradi «Xroniki Turkmenistana» (XT).
Ularning yuk xatlariga «Tekshirish taqiqlanadi» deb yozilgan. Barcha hujjatlar prezident Gurbanguli Berdimuhammedovning opasi Gulnabat Dovletova tomonidan imzolangan va u rahbarlik qiladigan Turkmanistonning Qizil Yarimoy jamiyati muhri bilan tasdiqlangan. Qayd qilish joizki, bu tashkilotda katta yuk avtomobillari yo‘q, deb ta'kidlamoqda «XT».
Transport vositalarining O‘zbekistonga nima olib kirayotgani va u yerdan nima olib kelayotgani turkmanistonlik bojxonachilarga, ularning Milliy Xavfsizlik Vazirligidagi (MXV) kuratoriga ma'lum emas.
«Forob» chegara punktidagi bojxona xodimi so‘zlariga ko‘ra, MXV kuratori har qanday transport vositasini tekshirishga haqli. Ammo bu to‘rtta yuk avtomobili yoniga bormaydi va hech kimni yo‘latmaydi.
«XT» xabariga ko‘ra, «Dosho‘g‘iz» (O‘zbekistonda «Shovot») chegara punkti orqali ham Turkmanistonning Axal va Bolqonobod viloyati raqamlari ostida bir qancha katta yuk avtomobillarining qo‘shni davlatga qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. Ular xususiy, shu jumladan xorijiy firmalarga tegishli bo‘lgan Yaponiyaning Komatsu kompaniyasi qurilish texnikasini, shuningdek sement va boshqa qurilish materiallarini O‘zbekistonga olib o‘tmoqda.
Mavzuga oid
18:22 / 29.12.2025
Turkmanistonda «Do‘zax darvozasi» olovini o‘chirish usuli topilgani ta’kidlanmoqda
21:33 / 12.12.2025
Prezidentning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
23:02 / 11.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashdi
21:48 / 11.12.2025