Iqtisodiyot | 07:50 / 23.10.2019
24159
2 daqiqa o‘qiladi

Birja: benzin va oltin narxi pasaydi

Foto: Getty Images

"O‘zRTXB" AJda o‘tkazilgan birja savdo natijalariga ko‘ra AI-91 rusumli benzin va oltin narxi biroz pasaydi.

2019 yil 14-19 oktabr kunlari mobaynida 3032,0 tonna AI-91 rusumli benzin birja savdolariga qo‘yildi va shundan 2388,3 tonnasi sotildi. So‘nggi savdo haftasida AI-91 rusumli benzini bo‘yicha shakllangan birja kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan 0,3 %ga pasayib, bir tonnasi uchun 6243,6 ming so‘mni tashkil etdi.

Qimmatbaho metallar bozorida ayrim o‘zgarishlar kuzatildi. Savdo yakunlariga ko‘ra, O‘zRTXBda 45,4 mln so‘mlik 100 gr Au-1 markali oltin sotilgan. Birja savdolarida sotuvchi sifatida “Olmaliq KMK” AJ ishtirok etdi. Birja kotirovkasi so‘nggi savdo yakunlariga nisbatan 0,3 %ga pasayib, 1 gr oltin uchun 454,4 ming so‘mni tashkil qilgan.

O‘tgan haftada suyultirilgan gaz ishlab chiqaruvchilari birja savdolari orqali 17,6 mlrd so‘mlik 5851,0 tonna suyultirilgan gaz sotishdi. Gazning birjada shakllangan narxi oldingi haftaga nisbatan 8,5 %ga o‘sib, bir tonna uchun 3002,8 ming so‘mni tashkil etdi.

Paxta tolasi bozorida yuqori darajadagi talab saqlanmoqda. O‘tgan hafta 1 nav 4 tip (oliy klass)dagi paxta tolasi bo‘yicha narxlar 7,9 %ga o‘sib, bir tonna uchun 14,6 mln so‘mni tashkil etdi. Paxta tolasini 2019 yil hosili boshqa navlarining narxlari o‘rtacha 7,3 mln so‘mdan 13,0 mln so‘mgacha bo‘ldi.

Mavzuga oid