Jahon | 01:04 / 23.10.2019
13147
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Suriyadagi harbiy amaliyotdan maqsad nima ekanini ma'lum qildi 

Turkiya Suriya shimolidagi harbiy amaliyot davomida hududni jangarilardan tozalash uchun barcha imkoni bor ishni amalga oshiradi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar natijalariga ko‘ra o‘tkazilgan matbuot anjumanda aytib o‘tdi.  

Foto: RIA "Novosti"

“Jangarilardan tozalangan hududlarda bir millionga yaqin suriyalik joylashtiriladi”, deb aytgan Erdo‘g‘an. 

Turkiya prezidenti “Tinchlik bulog‘i” haqida gapira turib, Anqaraga birovning yeri kerakmasligini aytgan. 

“Suriyaning hududiy va iqtisodiy yaxlitligini saqlab qolish – biz qilayotgan ish.  Biz o‘zgalar hududlariga ko‘z olaytirmaymiz, shu sababli bu yo‘nalishda barcha qadamlarni ehtiyotkorlik bilan rejalashtiramiz”, deb aytgan Erdo‘g‘an.  

Turkiya prezidenti 9 oktyabrda Suriya shimolida Kurdiston ishchi partiyasi va IShIDga qarshi amaliyot boshlanganini e'lon qilgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid