O‘zbekiston | 22:23 / 23.10.2019
43280
3 daqiqa o‘qiladi

Yigirmaga yaqin vazirga matbuot kotibi tayinlandi (ro‘yxat)

Prezidentning 27 iyundagi «Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta'minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasi asosida davlat organlari va tashkilotlar rahbarlarining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchilari tayinlanmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, bugungi kunga qadar agentlik tomonidan yuzga yaqin nomzodlarga tegishli tavsiyalar berilgan.

Kun.uz, AOKA taqdim etgan ma'lumotlarga asosan, 20ga yaqin vazirliklarning matbuot kotiblarini tanishtirib o‘tadi.

Tashqi ishlar vazirligi – Kaipbergenov Adilbek Tulepbergenovich
 Sog‘liqni saqlash vazirligi – Sanayev Furqat Choriyevich
 Ichki ishlar vazirligi – G‘iyosov Shohruh Kamaliddinovich
Adliya vazirligi – O‘rinboyeva Sevara Qo‘chqoraliyevna
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi 
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi – Ubaydullayev Hikmatilla Shuhratilla o‘g‘li
Mudofaa vazirligi – Zulfiqorov Bahrom Bilolidinovich
Moliya vazirligi – Jo‘rayeva Dildora Sayfiddin qizi
Suv xo‘jaligi vazirligi – Suyunov Shuhrat Normahmatovich
Innovatsion rivojlanish vazirligi – Abduqunduzova Nazokat Usmonqulovna
Energetika vazirligi – Bekmurodova Elmira Ruslanovna
Maktabgacha ta'lim vazirligi – Ikromova Dilafruz Jahongirovna
 Iqtisodiyot va sanoat vazirligi – Ne'matov O‘tkir Zafarovich
 Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi – Ravshanova Shahnoza Rashidovna
 Xalq ta'limi vazirligi – Umarov Anvar Abrorjonovich
 Qishloq xo‘jaligi vazirligi – Xo‘jayeva Nigora Sherxonovna
Bosh prokuratura – Shamsutdinov Hayot Nematovich
 Jismoniy tarbiya va sport vazirligi – Eshmamatov Otabek Normo‘minovich
 Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi – Babashev Farhod Aytmuratovich
  Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi – Ahmedov Alipasha Xalisovich
 Qurilish vazirligi – Jalolov Dilshod Hamidovich
 Favqulodda vaziyatlar vazirligi – Sodiqov Murod G‘aniyevich

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda davlat organi va tashkiloti rahbarining matbuot kotibi – mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlariga ko‘ra, davlat organi va tashkiloti rahbarining o‘rinbosariga tenglashtiriladi.

Davlat organi va tashkiloti rahbari axborot xizmatlari xodimlariga, boshqa to‘lovlardan qat'i nazar, davlat budjeti hamda davlat organlari va tashkilotlarining o‘z mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lash fondining 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda oylik ustama to‘lashga haqlidir.

Mavzuga oid