Yaponiyada saylovchilarga sovg‘alar bergan vazir iste'foga chiqdi
Issu Sugavara shu yilning sentyabrida Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri etib tayinlangan edi.
Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri Issu Sugavara saylov qonunchiligini buzishda gumonlanganidan so‘ng iste'foga chiqdi. Bu haqda BBC News xabar berdi.
Yaponiya OAVning xabariga ko‘ra, vazir Tokioda o‘z saylovchilariga qimmat qovunlar, apelsinlar, treska ikrasi va asalari suti hamda pul bergan. Yapon qonunlariga ko‘ra, siyosatchilar saylovchilarga sovg‘a berishi taqiqlanadi.
Shukan Bunshun jurnalining yozishicha, vazir yaqinda vafot etgan siyosatchi tarafdori oilasiga 20 ming iyen (185 dollar) jo‘natgan.
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Sugavarani vazirlikka tayinlagani uchun javobgar ekanligini aytdi.
"Yapon xalqidan uzr so‘rayman", - dedi u.
The Japan Times gazetasining qayd etishicha, 57 yoshli Sugavara shu yilning sentyabrida vazirlikka tayinlangan edi.
Mavzuga oid
21:07 / 20.09.2024
Osiyoda NATOning o‘xshashi tashkil etilishi mumkin
12:00 / 16.09.2024
76-«Emmi» marosimi Yaponiyaning triumfi bilan tugadi
21:22 / 12.09.2024
Toyota Prius yoqilg‘i sarfi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi
11:35 / 11.09.2024