Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Nexia ustunga urildi, haydovchi vafot etdi
Toshkent shahrining Olmazor tumanida yuz bergan YTH oqibatida 19 yoshli haydovchi halok bo‘ldi
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berishicha, 26 oktabr kuni soat 22:45da Toshkent shahrining Olmazor tumani hududidan o‘tuvchi Kichik halqa yo‘lida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Shahar sil kasalliklari shifoxonasi yaqinida 19 yoshli Nexia haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, elektr simlari ustuniga urilgan.
YTH oqibatida haydovchi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yetkazilgan, ammo shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, vafot etgan.
Avtomobilda bo‘lgan yo‘lovchilar, 19 yoshli Diyor K, Javohir Z va Muhammadaziz A. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ularga zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, YTH Nexia haydovchisining tezlikni oshirgani hamda uning boshqaruvni yo‘qotgani oqibatida yuz bergan.
Mavzuga oid
13:39 / 21.01.2026
Temiryo‘l muzeyi qarshisida ikki avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
12:24 / 20.01.2026
Farg‘onada Captiva dara yo‘lida ag‘darilib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
18:20 / 19.01.2026
Navoiyda yana avtobus ag‘darildi
23:31 / 16.01.2026