Jahon | 17:51 / 28.10.2019
7435
1 daqiqa o‘qiladi

Polshada Rossiya foydasiga josuslikda gumonlangan erkak qo‘lga olindi

Foto: REUTERS/Kacper Pempel

Tergovchilar Pyotr S. ismli shaxsning Rossiya razvdekasi bilan hamkorlik qilishiga oid dalillar to‘plagan.

Polsha ichki xavfsizlik agentligi Rossiya foydasiga josuslikda gumonlangan erkakni qo‘lga oldi. Bu haqda maxsus xizmatlar ishini muvofiqlashtiruvchi vazir matbuot kotibi Stanislav Jaringa tayanib Polsha radiosi xabar berdi.

"Ichki xavfsizlik agentligi tomonidan qo‘lga olingan erkakka ayblov e'lon qilindi. Tintuv o‘tkazilganida uni noqonuniy qurol saqlash va soxta hujjatlardan foydalanish kabi yana ikkita ayblov uchun asoslar topildi", - dedi Jarin.

Jarinning so‘zlariga ko‘ra, tergovchilar Pyotr S. ismli shaxsning Rossiya razvedkasi bilan hamkorlik qilishiga oid dalillar to‘plagan.

U ehtiyot chorasi sifatida uch oy muddatga hibsga olingan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid