Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Sultonov Vladimir Norov bilan uchrashdi
Energetika vazirligida O‘zbekiston energetika vaziri Alisher Sultonovning ShHT bosh kotibi Vladimir Norov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muloqot chog‘ida ta'kidlanganidek, Shanxay hamkorlik tashkiloti o‘z faoliyati davomida Markaziy Osiyoda iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha ko‘plab ishlar qildi.
Bugungi kunda ShHTga a'zo davlatlar o‘rtasida iqtisodiyotning barcha sohalarida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan, ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari rivojlanmoqda, umumiy bozorlar, shu jumladan, energiya manbalarini yaratish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.
Tomonlar ShHTga a'zo mamlakatlar, jumladan, XXR bilan ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Ular qatorida ko‘mir va tabiiy gazni chuqur qayta ishlash uchun innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muloqotlarni rivojlantirish masalalari xususida so‘z yuritildi.
Energetika vazirligi matbuot xizmati xabarida aytilishicha, ShHTga a'zo davlatlarda energiya samaradorligini oshirish sohasida, jumladan, toza energiya texnologiyalari bo‘yicha tajriba almashish va eng yaxshi amaliyotlarga bo‘lgan qiziqish va istiqbol mavjud.
Mavzuga oid
09:00 / 21.12.2025
Energetikada katta iste’fo va bilimli yoshlarga mukofot - hafta dayjesti
16:43 / 19.12.2025
“Uchta O‘zbekistonni boqadigan gaz”, iste’fo talabi va sirli tayinlov – Alisher Sultonov faoliyatiga nazar
17:13 / 16.12.2025
Alisher Sultonov lavozimidan olindi
19:22 / 14.07.2025